Golf sousi (ispancha: salsa golf) — Argentinada keng tarqalgan yaxna quyuq sous. Afsonaga koʻra, u boʻlajak Nobel mukofoti sovrindori Luis Federiko Leluar tomonidan 1920-yillarning oʻrtalarida dengiz boʻyidagi Mar del Plata kurortidagi golf klubida ixtiro qilingan[1]. Leluar 1916-yilda oʻylab topilgan mashhur Kolumbiya rosada sousini takrorlaganligi haqidagi farazlar ham mavjud. Qisqichbaqalarni faqat mayonez bilan isteʼmol qilishdan charchaganida, u ofitsiantdan turli xil ingredientlarni (sirka, limon, xantal, ketchup va boshqalar) olib kelishni soʻraydi va ularni oʻzaro aralashtirib tajriba oʻtkazadi. Shinavandaga ketchup va mayonezning aralashmasi koʻproq yoqdi. Leluarning hamrohlari tayyor mahsulotni golf sousi deb atashgan[2][3][4]. Sous tez orada qoʻshni Urugvayga ham tarqaldi.